Gidroizolyatsion geokompozit Membrana,

bir qavatli va ikki qavatli.

Geokompozit membrana, 6,0 m gacha boʻlgan har xil enda boʻlishi mumkin.   

Notoʻqima  geomatoning bir yoki ikkita yuzasi bilan termik biriktirilgan HDPE geomembranasidan tayyorlangan .

Teshilishlarga yuqori chidamlilik, yuqori ishqalanish  koeffitsiyenti,  uzoq xizmat  qilish muddati va yuqori mustahkamlikka ega. Geokompozit membrana gidrotexnik inshootlar, avtomobil va temir yoʻllari, metro, chiqindixonalar, tunnellar va boshqalarni qurishda qoʻllanilishi mumkin.

Quyidagi oʻlchamlarda tayyorlanadi: 

Oʻramning eni 6 m gacha, uzunligi 50 m.

Geomatoning zichligi 150-500 gr/m2.  

Geomembrananing qalinligi  0,75-2,0 mm.  

Geokompozit membrananing matolarini payvandlash   huddi HDPE geomembranasini  payvandlash kabi amalga oshiriladi.  Buning uchun chekkalarida, eni 15-20 sm boʻlgan, geomato bilan biriktirilmagan maxsus xoshiyalar koʻzda tutilgan.