“Sanfa” Geosintetik Materiallarining vazifalari

Geosintetikaning vazifalari:

  • Filtrga qarshi ekranlar.

   Suyuqlik va gaz uchun toʻsiq vazifasini bajaruvchi Geomembranalar, yert osti suvlaridan himoya qilishga yuqori ehtiyoj paydo boʻlganligi tufayli,   fuqarolik qurilishidagi eng muhim komponentga aylandi. Yuqori zichlikdagi polietilendan (HDPE) tayyorlangan membranalar, ayniqsa 1,5 mm qalinlikdagilari eng koʻp ishlatiladi. Gidrotexnikada, yoʻl qurilishida  va atrof-muhitni himoya qilishda   obyektlarni germetizatsiyalash uchun HDPEdan tayyorlangan geomembranalar,  sifatli filtrga qarshi ekranning muhimligi tufayli,  keng koʻlamda ishlatilmoqda.

 

  • Filtrlash.

   Gidrotexnika va drenajli tizimlarda, suyuqlikning filtrlovchi materialdan oʻtishiga imkon berib,  tuproq zarralarini ushlab qolish uchun notoʻqimaviy geomato qoʻllaniladi.

   Filtrlashning ikki jihati mavjud boʻlib, loyihalashtirishda  ularni baholash lozim:

mexanik filtrning samaradorligi (mato zarralarni yetarlicha ushlab qolayaptimi) va gidravlik filtrning samaradorligi (suvning gidravlik bosimni  koʻtarmasdan oʻtishi). Geomatoning qalinligi mexanik va gidravlik filtr samaradorligining davomiyligiga bevosita taʼsir oʻtkazadi.

 

  • Eroziyani nazorat qilish.

Bir komponentli geosintetik qatlamlar va uch oʻlchamli  koʻp komponentli kompozitli materiallar tashqi yuzalardagi eroziyaning oldini olish uchun ishlatiladi. Tuproq zarralarining qiyaliklar va kanallardan yuvilishi va havoga uchib ketishining oldini olib, oʻsimliklarning tezroq oʻsishini taʼminlaydi.

 

  • Himoya.

   Geomembranalar, konstruksiyalar, qoplamali  materiallar, shuningdek konstruksiya elementlarini, koʻpincha, ehtimoliy mexanik shikastlanishdan himoya qilib turish zarur. Tegishli himoya boʻlmasa, shikastlanish toshlar kabi oʻtkir qirrali buyumlardan, tuproqning notekisligi yoki hatto yopuvchi materialdan kelib chiqishi mumkin. Ignali teshilgan notoʻqima materiallar,  mexanik  tarzda biriktirilgan, shuningdek  HDPE  geomembranasi bilan termik biriktirilgan geomatodan tayyorlangan  kompozitli materiallar,  odatda, himoya qatlamlari sifatida ishlatiladi. Geomatoning zichligi va qalinligi himoya funksiyasiga bevosita taʼsir etadi, chunki ogʻirroq va qalinroq  notoʻqima material  koʻproq ehtimol bilan yaxshiroq himoyani taʼminlaydi.

 

  • Mustahkamlash.

Geosintetik materiallar, tuproq qatlamlari ostida yoki orasida choʻzilish kuchlanishlarini kamaytirish  va deformatsiyalanishni eng kam darajaga tushirish hisobiga, tuproq qatlamlarining mexanik xususiyatlarini yaxshilash uchun joylashtiriladi. Geomato, geopanjara va kompozitli sintetik materiallar, “kuchaytirilgan tuproq” tamoyillariga muvofiq, yaxshi koʻtaruvchanlikka ega boʻlmagan tuproqlar boʻlgan joylarda qiyalik chetlarini barqarorlashtirish yoki  tuproqli dambalarni mustahkamlashda tirkama konstruksiyalar sifatida ishlatiladi. Geosintetikani mustahkamlash ishlarida qoʻllash koʻp xarajatli konstruktiv choralarni minimallashtirishga olib keladi hamda  tuproqning aralashishini kamaytirib, qoʻshimcha tuproq qatlamlariga boʻlgan zaruratni bartaraf etishi mumkin.

 

 

  • Ajratish.

Ajratuvchi qatlam sifatida, notoʻqima geomato ishlatiladi. U tuproqning qoʻshni qatlamlar yoki yuqoridan solingan materiallar bilan aralashib ketishining oldini oladi. Maʼqul geomatoni tanlash tuproqning tarkibi va sifati, shuningdek kutilayotgan ishlatish kuchlanishlariga bogʻliqdir. Tuproqni notoʻqima materiallar bilan ajratish, asosan,  yoʻllar va temir yoʻl qurilishida, gidrotexnik inshootlarda, poligonlarda va sport maydonchalarida amalga oshiriladi.

 

 

  • Ushlab turish.

Geosintetik himoya qobiqlari —bu shunday qobiqlarki, ularda tuproq va qum kabi qurilish materiallarining inkapsulyatsiyasi uchun moʻljallangan mato qop   yoki konteyner shaklida boʻladi. Ular loyiha uchun oʻziga xos boʻlgan vazifalarni, masalan himoya, filtrlash va ajratish kabi vazifalarni bajaradi .