Sanfa Engineering Co LTD” MCHJ Sanfa kompaniyalar guruhi tarkibiga kiradi.
Faoliyatining asosiy yoʻnalishi: geosintetik materiallarni ishlab chiqarish, sotish va oʻrnatish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish .
Ishlab chiqarish maydonlari Toshkent viloyatining Surum qishlogʻida joylashgan. Geosintetik materiallarni ishlab chiqarish korxonasida 100dan ortiq xodim ishlaydi.
Quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish oʻzlashtirilgan:
Qalinligi 0,75mm dan 3,0 mm gacha HDPE geomembranasi;
Zichligi 150 dan 600 gr/m2 gacha poliefir toladan yasalgan geomato;
Zichligi 150 dan 600 gr/m2 gacha polipropilen toladan yasalgan geomato;
HDPE geomembranasi va geomato asosidagi geokompozitli membrana.